Telegram Group Search
O‘zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil etiladi

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning “O‘zbekiston davlat sport akademiyasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori (PQ-197-son, 28.05.2024 y.) qabul qilindi

Qarorga ko‘ra, Akademiyada o‘quv jarayoni 2025/2026 o‘quv yilidan boshlanadi. Akademiya talabalari sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga muvofiq o‘tkaziladigan respublika musobaqalarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etadi.

#huquqiyyangiliklar

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Zamin bilan tillashayotgan yoshlar

📑Jizzaxliklar yerdan samarali foydalanishning hadisini olganlardan. Qay bir tumaniga bormang, bir qarich yeriga ham mahsulot yetishtirayotganiga guvoh bo‘lasiz. Bu borada dehqonchilikni kasb qilgan yoshlar ham talaygina. Bugun shunday yoshlardan biri, Baxmal tumanida istiqomat qiluvchi Shovqiddin Mustafoev haqida gapiramiz.

Qahramonimizga dehqonchilik uchun 60 sotix yer ajratilgan. Yerdan samarali daromad olishni niyat qilgan Shovqiddin, loviya va kartoshka ekib dehqonchilik qilmoqda.

Tabiiyki savol tug‘iladi. Shovqiddin qachon daromadga kiradi?

📹Batafsil videoda

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
E’tirofdagi ota-onalar!

📑Xabaringiz bor, TOP-100 mahallalardagi yoshlar yetakchilari reytingini e’lon qilgan edik. Bugun esa, mazkur yetakchilarning ota-onalari ham e’tirof etildi.

Jizzax viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasida 7 nafar yoshlar yetakchilari ishtirokida ularning ota-onalariga Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo’yicha Respublika komissiyasi raisi va Yoshlar ishlari agentligi direktori nomidan tashakkurnomalar topshirildi.

Vatanga, ota-onaga sodiqlik va fidoyilik o’z-o’zidan paydo bo’lmaydi. Bular zaminida yoshlarga oilada, ta’lim maskanlarida, mahallalarda beriladigan ta’lim tarbiya yotadi. Shuning bilan birgalikda farzand tarbiyasidagi eng muhim omil bu – ota-ona tarbiyasi, ularning farzandiga qilgan e’tiboridir.

#etirof

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kutib oling O‘zbekistonlik.STUDENTSning Amerika mavsumi!

🇺🇿O‘zbekistonlik.STUDENTS loyihasining 5-qismida sayyoramizning ikki yetakchi universiteti – George Washington University va California State University talabalarining hikoyalari bilan tanishasiz!

🟢AQShning afzalliklari nimalardan iborat?
🟢Qiyinchiliklar va talabalik hayoti;
🟢Yoshlar uchun mavjud imkoniyatlar;

Bu galgi qahramonlarimiz Amira Asqarova va Javohir Shermuhammatovlarning “AQShdagi hayot” haqida ilhomlantiruvchi hikoyalari bilan tanishamiz.

📹To‘liq filmni YouTube’da tomosha qiling!

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro eko oromgohda ishtirok etishni istaysizmi?

🌎Joriy yilning 24-30-iyun kunlari “Butunjahon yoshlar festivali” doirasida Samarqand va Toshkent shaharlarida Xalqaro eko-oromgoh loyihasi o’tkaziladi.

Oromgohda xalqaro ekspert va trenerlar ishtirokida o’quv mashg’ulotlari, liderlik ko’nikmalarini rivojlantirish, ekologik muammolarni bartaraf etishga qaratilgan yangi tashabbus hamda loyihalar ustida ishlash kabi tadbirlar tashkil etiladi.

📑Mazkur tadbirda 16 yoshdan 22 yoshgacha bo’lgan, ingliz tilini mukammal biladigan va ekologik masalalarga befarq bo’lmagan faol yoshlar ishtirok etishi mumkin.

📝Hoziroq havola orqali ro’yxatdan o’ting. Arizalar 10-iyunga qadar qabul qilinadi.

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

🤝 Bolalar hayotimiz davomchilari, kelajagimiz egalaridir. Binobarin, ularni asrab-avaylash, har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish har bir davlat, har bir oila, har bir ota-onaning muqaddas burchidir.

Ko‘zlarida ezgulik va mehr qalqib turgan Yangi O‘zbekiston farzandlari ham ana shunday ulkan g‘amxo‘rliklar og‘ushida voyaga yetmoqda.

🇺🇿Yoshlar ishlari agentligi jamoasi bugungi sana munosabati bilan yurtimizdagi barcha bolajonlarni samimiy tabriklaydi!

💐Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz bolajonlar!

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tugadi deganimizda, mo‘jizalar sodir bo‘ladi!

🔶Sirdaryo viloyatida tashkil etilgan “Ibrat Academy” o‘quv markazi rahbari Xurshida Egamberdieva “Ibrat kashfiyotlari” loyihasining navbatdagi qahramoni bo‘ldi.

Millionlab oilalar ichidan nima uchun aynan ushbu oila tanlab olindi? Qahramonimiz hayotidagi qiyinchiliklarga Ibrat Academy ilovasi qanday yechim bo‘la olgani sizga qiziq bo‘lsa, videoni o‘tkazib yubormang!

📹To‘liq videoni YouTube’da tomosha qiling!

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo’lib o’tmoqda

Yig‘ilishda bitiruvchi yoshlar masalasi ham alohida tilga olindi. G‘ijduvonda bu yil 3 mingga yaqin yoshlar maktabni bitirmoqda va 800 nafari oliygohga kirmasdan, kasbga o‘qish istagini bildirgan.

Viloyatdagi eng yirik to‘qimachilik korxonalaridan biri – “Parvoz humo” korxonasi matoni bo‘yash va tayyor kiyim-kechak sexlarini ishga tushirmoqda. Tadbirkor 10-11-sinf va kollej o‘quvchilariga darsdan so‘ng kasb o‘rgatib, 2 million so‘mgacha oylik to‘lash, bepul tushlik va tekin avtobus bilan ta’minlash taklifini bildirgan.

Bundan tashqari, tadbirkor tumandagi 2-son kasb-hunar kollejiga korxona sexlaridan “amaliy monomarkaz” sifatida foydalanishga, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti kafedrasini korxona hududida joylashtirib, ham o‘qituvchilarga, ham talabalarga sharoit qilib berishga tayyor.

Davlatimiz rahbari tadbirkorning barcha tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi va mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🤔Bugungi kun bolalari nimani orzu qilyapti?

📹Ushbu videorolikda mana shu savolga bolalar tilidan javob oldik! Bolalarcha beg‘uborlik hech birimizni tark etmasin!

#1iyun #bolalik #orzu

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
E’tirofdagi samarqandlik ota-onalar!

📑TOP-100 reytingdan o‘rin olgan samarqandlik yoshlar yetakchilarining ota-onalari viloyat Yoshlar markazida jam bo‘lishdi.

Samarqand viloyati yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i e’tirof etilgan yetakchilarning ota-onalariga maxsus tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alarini topshirdi.

#etirof

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Yosh qutqaruvchi” musobaqasining respublika bosqichi bo’lib o’tdi

⭐️Yoshlarni favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik darajasini oshirish, o‘z o’zini himoya qilish va boshqalarga ko‘mak berish borasidagi bilim hamda ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida o’tkazib kelinayotgan “Yosh qutqaruvchi” musobaqasining respublika bosqichi bo’lib o’tdi.

Musobaqalarning bu yilgi respublika bosqichiga Andijon viloyati mezbonlik qildi. 2 kun davomida o’tkazilgan musobaqalarda mamlakatimizning 14 ta hududidan umumta’lim maktablari hamda professional ta’lim muassasalari o’quvchilaridan iborat 28 ta yosh qutqaruvchi jamoalar 5 ta shart asosida bellashdilar.

⭐️Qizg’in hamda adrenalinga boy o’tgan respublika bosqichi yakunlarida faxrli o’rin egalari va nominatsiyalar doirasida g’olib deb topilgan jamoalar tashkilotchilar tomonidan munosib rag’batlantirildi.

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/06/03 08:23:11
Back to Top
HTML Embed Code: